25 Oktyabr 2025 yil 1341

Mingbuloq tuman prokurorining tuman aholisiga murojaati

Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!

Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarligida barcha sohalarda misli ko‘rilmagan islohotlar  amalga  oshirilmoqda. 

Mamlakatimizda yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlarga, aholining turmush darajasi keskin o‘sib borayotganiga har birimiz birdek guvoh ham bo‘lmoqdamiz.

Prezidentimiz ana shu yangilanish, o‘zgarishlar samarador bo‘lishining kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining yeng ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardilar.

Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga so‘zsiz rioya yetishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bog‘liqdir.

Aziz Mingbuloq tuman axli!

O‘zbek vatandoshimizmi, chet yellik tadbirkor, sarmoyador bo‘ladimi, barcha - barcha, O‘zbekistonimizda tinch va osuda, munosib  hayot sharoitlari bilan taminlangan, uning hayoti har qanday jinoiy tajovuz va tahdidlardan kafolatli himoyalangan bo‘lishi shart.

Qonun ustuvorligini taʼminlamasdan, bu vazifaga yerishib bo‘lmaydi.

“Yangi O‘zbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka

qarshi kurashish ana shunday umummilliy dolzarb vazifaga aylantirildi.

Mingbuloq tumanidagi kriminogen vaziyat ijtimoiy, iыtisodiy muhitga katta tasir ko‘rsatadi, uning o‘ziga xos, alohida yondashuv talab yetadigan xususiyatlari bor.

Tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlari joriy yetilayapti.

Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham ko‘rinayapti, jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini taminlash vazifasi qanchalik muhim bo‘lsa, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.

Shu bois, tumanning har bir ko‘chasida, mahallasida, bozorida, istirohat bog‘ida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari ko‘rilayapti.

Aziz vatandoshlar!

Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz.

Prezidentimizning 2025 yil 3-yanvardagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirishga qaratilgan 1 - sonli qarorlari asosida jinoyatlarning sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni kriminogen darajasida toifalash tizimi, “mahalla yettiligi” instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini shakllantirish borasida qator chora -tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning yerta oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yangi mexanizm joriy yetildi, viloyat prokurori rahbarligida viloyat va tuman - shahar prokuraturalarida idoralararo muvofiqlashtiruvchi  shtab  faoliyati  yo‘lga  qo‘yildi.

Qaror ijrosi doirasida tumandagi jami 38 ta mahallaning kriminogen vaziyati og‘ir, 14 tasiga masʼul rahbarlar nomma-nom biriktirilgan. Barcha mahallalarning choraklik manzilli chora-tadbirli yo‘l xaritalari  ishlab chiqildi.

Yo‘l xaritalari ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalarda 434 ta ko‘p qavatli va yakka tartibdagi xonadonlar texnik qo‘riqlovga olindi, 15 ta ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari “tashvish tugmalari”ni o‘rnatildi, 61 ta zamonaviy “domofon”lar o‘rnatildi, 358 ta videokauzatuv kameralari, 65 ta yuzni va avtoraqamlarni tanib oluvchi kameralar, 8 ta savdo markazlari va bozorlarga yuzni va avtoraqamni tanib oluvchi kameralar, 9 ta ko‘p qavatli uylarning hovlilariga PTZ-kameralari, 77 ta maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari kirish chiqish-joylariga, 22 ta maktablarning ochiq sport maydonlariga kameralar o‘rnatildi.

Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “Obekt qo‘riqlovda!” hamda “Xonadon qo‘riqlovda!” kabi jami 504 ta yaqin stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 46 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha” hamda 106 ta “namunaviy xavfsiz yo‘lak” tashkil yetildi, ichki yo‘llar va ko‘chalar 137 ta yoritish vositalari bilan taʼminlandi.

Albatta bu natija beryapti.

Misol uchun, bedarak yo‘qolgan 2 nafar shaxslar topilib, 16 ta qidiruvdagi shaxslar ushlandi, 19 ta jinoyatlar “issiq izi”dan fosh yetildi.

Davlat rahbarining Qaroriga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha kunlik so‘rov va o‘rganishlarni yo‘lga qo‘ydik.

Bunda, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning jinoyat o‘choqlari joyida o‘rganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir yetilgan 279 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror taʼsir choralari qo‘llanildi.

Eʼtibor berishingizni istardim. Bu ishlar bir kunlik yoki bir martalik hisobot uchun qilinayotgan ishlar yemas.

Hududlarda sodir yetilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, 4 - chorak uchun yo‘l xaritalarni ham ishlab chiqildi.

Tumanda jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaviy holatlarni bartaraf yetish bo‘yicha kuchaytirilgan ish tartibini  joriy  yetdik.

Bu borada farmoyish qabul qilib, barcha tezkor xodimlar 38 ta  mahallalarga nomma – nom  biriktirdik.

Har bir sohaga doir targ‘ibot ishlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar  ishlab  chiqdik  va  tarqatdik.

Endilikda, biriktirilgan xodimlarimiz jinoyatlarning omil va sabablarini o‘rganishdan tashqari o‘sha hududda  amaliy  tadbirlarni  ham  o‘tkazadi.

Biz endilikda muammoning tub negizigacha yetib borib, “mahalla  prokurori”  degan  yondashuv  bilan  ishlaymiz.

Endi yeʼtiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha dastlabki bajarilgan ishlar va  tahlillarning natijalariga qaratsam.

Birinchi, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.

Joriy yilning o‘tgan 3 - choragida 8 ta o‘rganishlar o‘tkazilib, 107 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi. Bu ishlar muntazam davom yetadi.

Ikkinchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham, aholi ham ko‘proq yeʼtibor berishi lozim  bo‘lgan hamkorlik kuchaytirilishi kerak bo‘lgan bir nechta jinoiy omillarga diqqat  qaratmoqchiman.

Shiddat bilan rivojlanayotgan yurtimizda insonlar ko‘proq pul topish bilan birga, noqonuniy boylik orttirishning yangi yo‘llarini  ham  o‘ylab  topmoqdalar.

Keyingi vaqtlarda firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyati oshayotgani ham bunga yaqqol misol bo‘ladi.

Firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlari aksariyat hollarda axborot texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir yetilayotganligi tashvishli holdir.

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston huquq idoralari ilgari duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmog‘i ortishi anchagina tashkiliy choralar ko‘rishni taqozo yetdi.

So‘nggi yillarda tuman hududida axborot texnalogiyalar soxasidagi jinoyatlar keskin ortib bormoqda. Shu sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk xabarlardan yehtiyot bo‘lishlarini hamda bank kartalari va hisob raqamlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni sir saqlashni so‘rab qolamiz.

Aziz viloyatdoshlar!

Shu o‘rinda, kriminogen vaziyatga taʼsir ko‘rsatuvchi jinoyatlarning ayrim turlari borasida ham gapirmoqchiman.

Aytish kerakki, Joriy yilning 9 oyi 25 kun davomida yoshlar (22-17), ayollar (7-3) hamda muqaddam sudlanganlar (11-5) tomonidan sodir yetilgan jinoyatlarni kamayishiga yerishilgan bo‘lsa, voyaga yetmaganlar (3-3) tengligi saqlanib qolgan bo‘lsa, ishsizlar (0-5) va guruhlar (5-7) tomonidan sodir etilgan jinoyatlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘payishiga yo‘l qo‘yilgan.

Shuningdek, oila va turmush doirasida sodir yetilgan jinochtlar taxlil qilingaida oilaviy - maishiy muammolar asosiy sabab bo‘lganligi aniqlandi.

Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini bartaraf yetish bo‘yicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.

Natijada, o‘tkazilgan o‘rganishlarda kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda 4 031 ta ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlar aniqlanib, ularning muammolarini hal qilish bo‘yicha choralar ko‘rildi.

Bulardan tashqari, 4 031 nafar ijtimoiy ximoyaga muhtoj xotin-qizlardan 872 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 6 nafarini uy-joy bilan taminlandi, 1 894 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 14 nafar tadbirkorlikka yo‘naltirildi, 103 nafar ayolllarga kredit berildi, 924 nafar ayollar o‘zini o‘zi band qilindi. Shuningdek, 272 ta boquvchisi yo‘q ayollargaga, 108 nafar nogiron ayollarga, 176 nafar nogiron farzandi bor ayollarga modiy yordamlar berildi. 81 nafariga ximoya orderi berildi.

Ushbu jarayondan muqaddam sudlangan va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar ham chetda qolmadi.

Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik masalasiga umummillat ishi deb yondashib, barcha birgalikda jon kuydirishi kerak.

Faqat jinoyat uchun jazoni taʼminlash bilan ovora bo‘lib, jinoyatlarning sabab va omillarini ko‘zdan qochirsak oqibati yomon bo‘ladi.

Shu kabi, voyaga yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib, ularga taʼlim va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan ota-ona hamda yashash va o‘qish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining javobgarligi kuchaytirildi.

Taʼlim muassasalari va jamoat joylarida masʼullar profilaktik (davomat, tig‘ va reyd) tadbirlarida uzoq muddatga ketgan 52 nafar bolalar, muntazam dars qoldiruvchi 8 nafar, tarbiyasi og‘ir 21 nafar o‘quvchilar aniqlandi. Ularni maktablarga qaytarish chorasi ko‘rildi.

Maktabgacha va maktab taʼlim muassasalarining kirish -chiqish joylariga xavfsizlikni taʼminlovchi 77 ta zamonaviy kameralar o‘rnatildi.

Tahdidlardan yana bittasi, bu voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalaridir.

Shuning uchun biz bu borada keng qamrovli tadbirlarni belgilab oldik. Jumladan, maktab hamda maktabgacha taʼlim muassasalari atrofidagi yo‘l belgilari to‘liq yangilanib, avtomashinalar tezligini pasaytirish maqsadida suniy do‘ngliklar qilindi.

Hurmatli ota-onalar!

Yuqoridagilardan kelib chiqib, aziz farzandlaringizni majruh va nogiron bo‘lib qolmasliklari uchun avvalo ularning tarbiyasi va taʼlim olishiga alohida yeʼtibor qaratishingizdan umidvormiz.

Hurmatli fuqarolar!

Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish choralari ham ko‘rilmoqda.

Zero, sir yemas korrupsiya har bir sohaning rivojiga to‘siq  bo‘lmoqda.

Shu sababli, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga barham berish yo‘lida qatʼiy murosasiz kayfiyatni shakllantirish, unga qarshi kurashishda men butun Mingbuloq tuman axlidan ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan sayi harakatlarga o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘rayman.

Hurmatli fuqarolar!

Juda ko‘p masalalarda ish uslublarimiz o‘zgarishi zarur, buning ustida ishlayapmiz. Prezidentimiz talab qilayotgan,  jinoyatlarning oqibatlari yemas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf  qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.

Buning uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlashga yeʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir yetgan va bunga moyilligi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, “fuqarobay” ish tizimini joriy qilamiz.

Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab bo‘layotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida yeʼtibor qaratamiz.

Aziz hamyurtlar!

Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari, ko‘mak va hamkorlikda jinoyatlarning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yishga kafolat beradi.

Shunday yekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf yetishga faol hamkorlikka  chaqiramiz.

Zero, sodir yetilayotgan jinoyatlarni fosh yetilishi voldi  olinishida xalqimizdan masʼuliyat, tashabbuskorlik hamda  daxldorlik  hissi  bilan  yondoshishni  so‘rayman.

Shuni yana bir bor alohida qayd yetamanki, jinoyatning har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qo‘l urganlarga nisbatan jazoning muqarrar taʼminlanishiga shaxsan kafolat beraman.

Barchamiz  jinoyatdan  holi  yangi  O‘zbekiston  uchun  birlashaylik!!!

Yeʼtiboringiz uchun rahmat!

Mingbuloq tuman prokurori U.Akbarov

Text to speech