9 Sentyabr 2021 yil
343
Mijoz o‘g‘ri bo‘lib chiqdi.
Shu yil 5 avgust kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 17 iyul' kuni, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro Davlatobod tumanida joylashgan masajxonasiga kelib, uni ishonchiga kirib, narxi 3.500.000 so‘mlik “Realmi 6-Pro” rusumli uyali telefon apparatini gaplashib olishini aytib, aldab, ish bilan band bo‘lib turganidan foydalanib, telefon apparatini olib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 7 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati