7 Yanvar 2021 yil 1298

“Men albatta vatan himoyachisi bo‘laman”

14 yanvar' O‘zbekiston qurolli kuchlari tashkil etilgan sana. Ushbu kun munosabati bilan joylarda harbiy va huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini oshirishga qaratilgan bayram tadbiri festival va musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda. Namangan viloyati IIB kadrlar boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan dinamo o‘yingoxida “Biz huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshimiz” hamda “Men albatta vatan himoyachisi bo‘laman” shiorlari ostida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.

Dastlab IIVning Namangan viloyat bo‘yicha maxsus otryadi tomonidan xizmat itlarining imkoniyatlari tanishtirildi va xizmatga jalb etilgan robot yordamida portlovchi moddaning zararsizlantirish jarayoni namoyish etildi.

Xodimlarning jangovor saxna ko‘rinishlari tadbirga yig‘ilgan yigit qizlarda yurtga bo‘lgan muhabbat va sadoqat ruhini oshirish bilan bir qatorda ularning ko‘pchiligida xattoki qizlarda ham kelgusida IIO xodimi bo‘lish istagi paydo bo‘ldi.

Jangovor chiqishlardan so‘ng o‘quvchilar xizmatda foydalanadigan qurol aslahalar va mahsus texnikalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ham ega bo‘lishdi.

Bu kabi tadbirlarga yoshlarni keng jalb qilish kelajakda ular orasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy vaziyatlarning oldini olishga ham asosiy omil sifatida xizmat qilsa ajab emas.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech