30 Avgust 2021 yil 644

“Mehnat va shuxrat muzeyi” chinakam bayram tuhfasi bo‘ldi. Tadbirga jurnalist va blogerlar ham taklif etildi

Namangan viloyati IIB binosida “Mehnat va shuxrat muzeyi” foydalanishga topshirildi. Amir temur, Chingizxon, qo‘qon xonligi, sovet ittifoqi, va mustaqillikning ilk yillaridagi jangchi, soqchi, mirshab milisionerlar va ular foydalangan qurol aslaxalar bilan to‘ldirilgan ushbu muzeyni tayyor holga keltirish uchun mutaxassislar olti oydan ko‘p vaqt sarfladilar. Tantanali nishonlangan mustaqillik shodiyonasi doirasida ushbu muzeyning ochilish marosimini o‘tkazilishi chinakam bayram tuxfasi bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tadbirda jurnalist va blogerlar ham taklif etilib ushbu muzeyning ochilish marosimida ishtirok etdilar.

Namangan viloyati IIBda mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasi tantanali tarzda nishonlandi. Unga tizimda uzoq yillar mehnat qilgan iste'fodagi faxriylar, xizmat vaqtida mardlarcha halok bo‘lgan xodimlarning oila a'zolari hamda hamkor tashkilotlar vakillari taklif etildi. viloyat hokimi va boshqarma boshlig‘ining tabrik so‘zidan so‘ng xodimlarning saf maydonida tantanali yurishlari namoyish etildi.

Mamlakat rahbari hamda ichki ishlar vaziri tomonidan sohada fidokorona  xizmat qilib kelayotgan 21 nafar xodimlar yuksak mukofotlar bilan e'tirof etilgani bayramga chinakam shukuh qo‘shdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng IIBda yangi qurib bitkazilgan “Mehnat va shuxrat muzeyi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Alohida ta'kidlash joizki ushbu muzey olti davrni o‘z ichiga oladi. Bu yerda xattoki Amir Temur xukmronligi davrida soqchi hamda jangchilar foydalangan qurol aslahalarning asl nusxalarini ham topish mumkin.

Chindan ham bayramga munosib tuhfa bo‘lgan ushbu muzey kelgusida yurt ravnaqiga o‘z hissamni qo‘shaman degan har bir yigit qizning sevimli maskaniga aylanishi shubxasiz.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech