Mehmon uy egasining telefonini o‘g‘irladi
2022 yil 8 yanvar kuni, Norin tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 3 yanvar kuni soat 15:00 dan soat 21:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash uyida sinfdoshlari bilan birga bozorlik qilib kelib, o‘tirganlaridan so‘ng noma'lum shaxs, unga tegishli bo‘lgan narxi 1.500.000 so‘mlik “Redmi-9S” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Norin tuman IIB JQB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, arizachini yashash uyiga mehmonga kelgan tanishi, Norin tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 8 yanvar kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati