Mehmon uy egasining telefonini o‘g‘irlab ketdi
Joriy yil 19 may kuni, Norin tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 7 may kuniga o‘tar kechasi mahallasida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan pochchasining yashash uyiga “Bunyod” ismli shaxs mehmonga kelib, narxi 1.550.000 so‘mlik “Samsung 02S” rusumli uyali telefon aparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Tuman IIB JQB katta tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Ishtixon tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati