12 May 2021 yil 381

Mehmon sherigining telefon va pullarini o‘g‘irlab ketdi.

Joriy yil 6 may kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan  fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 5 may kuni soat 21:00 larda, Namangan shahrida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan ayolning yashash xonadoniga tanishi, Norin tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan ayol bilan birga mexmondorchilikka kelgan vaqtida, xonadagi shkaf ustida bo‘lgan narxi 1.500.000 so‘mlik “Samsung S10” rusumli telefon apparati va ushbu telefon apparati orqa qismida bo‘lgan 350 AQSh dollarini noma'lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. 

Namangan shahar IIO FMB Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakili va viloyat IIB PPXvaJTSB kinologiya xizmati kinologi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Norin tumanida yashovchi tanishi sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech