1 Iyun 2022 yil 330

“Matonat” sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlarida Namangan viloyati jamoasi munosib ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tashabbusi asosida 1 iyun - Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligining “JAR” sport – sog‘lomlashtirish majmuasida «Nurli maskan» ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida “Matonat” sport musobaqalari shaxmat-shashka, yugurish, uzunlikka sakrash, kurash bo‘yicha sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlari o‘tkazildi.

Musobaqalarning viloyat bosqichida faol ishtirok etib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan yigit-qizlardan iborat Namangan viloyati jamoasi ham faol ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Jamoa aʼzolarining bir nafari kurash bellashuvlarida 2 o‘rinni egallagan bo‘lsa, yana bir vakil kitobxonlik yo‘nalishida 3 o‘ringa munosib ko‘rildi. Bahribayt bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda ham yana bir uchinchi o‘rin egallangan holda jamoaning umumiy natijalariga hissa qo‘shishdi.

“Matonat” sport musobaqalarida (shaxmat-shashka, yugurish, uzunlikka sakrash, kurash bo‘yicha sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlari) shijoatlari bilan 1, 2 va 3 o‘rinlari bo‘yicha yutuqqa erishgan maktab-internati «Nurli maskan» o‘quvchilari qimmatbaho sovg‘a, diplom va Ichki ishlar vazirining kubogi bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng, bolalar uchun alohida bayram kechasi uyushtirildi. «Ko‘z munchoq» bolalar ashula va raqs ansambli aʼzolari o‘zlarining chiqishlari bilan «Nurli maskan» maktab-internati o‘quvchilarining kayfiyatlarini xushnud etishdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech