11 Yanvar 2021 yil 259

“Matiz” haydovchisi piyodaning o‘limiga sababchi bo‘ldi.

Joriy yil 7 yanvar' kuni soat 01:30 larda Uychi tumani, Uchqo‘rg‘on-Uychi-Namangan yo‘lining 30 kmda Uychi tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech