15 Dekabr 2021 yil 487

Masjid oldida qoldirilgan avtomashina tunab ketildi

Joriy yil 25 noyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 18:30 larda, Damas rusumli avtomashinasida Namangan shahar hududida joylashgan jom'e masjidiga namoz o‘qishga borib, masjidga kirib ketgan vaqtida noma'lum shaxs, avtomashinasini chap yon oynasini ochib, salonda bo‘lgan 15.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB EKB katta eksperti tomonidan avtomashinani ko‘zdan kechirish davomida, 6 dona qo‘l barmoq izlari olinib, viloyat IIB EKBda mavjud bo‘lgan shaxsni identifikasiya qilish tizimida tekshirilganida, ushbu qo‘l barmoq izlaridan 2 donasi, Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaroni chap qo‘l ko‘rsatkich barmog‘iga mos kelganligi aniqlanib, Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB katta tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 9 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech