Mastlikdagi tortishuv o‘lim bilan yakun topdi.
2021 yil 6 avgust kuni soat 17:30 larda, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro Norin tumani hududida joylashgan milliy taomlar oshxonasida mast holda tanishi, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro janjallashib, yuz sohasiga qo‘li bilan urganida, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro boshi bilan yerga yiqilgan.Natijada, fuqaro shifoxonada vafot etgan.
Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma'lumotnomasiga ko‘ra, fuqaro bosh miya og‘ir yopiq shikasti, bosh miyaga keng ko‘lamda qon quyilishi, yuqori nafas yo‘llariga qusuq modda berkilishi, al'kagol mastlik holati asorati, o‘tkir yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘pka va miya shishi natijasida vafot etganligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 avgust kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati