27 Oktyabr 2021 yil 366

Mast xoldagi mezbon oshxona pichog‘i bilan mexmonga jaroxat yetkazdi.

2021 yil 18 oktyabr' kuni soat 21:30 larda, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan J.M. yashash uyida mast holda tanishi, Namangan shahar Davlatobod tumani yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan R.E. bilan o‘zaro janjallashib, qo‘lida bo‘lgan osh pichoq bilan qorin sohasi va orqa chap kuragiga urib, tan jaroxati yetkazgan.

Natijada, R.E. qorin old devori qorin bo‘shlig‘iga kirib boruvchi, o‘tkir predmetdan sanchilgan-kesilgan jarohati, jigar yumaloq boylama to‘liq kesilib uzilgan jarohati, jigar o‘roqsimon boylama qisman kesilgan jarohati, katta charvi kesilgan jaroxati, gemoperitoneum, ko‘krak qafasi orqa yuzasi kirib bormaydigan sanchilgan-kesilgan jarohati tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB Davlatobod tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 18 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.M. O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech