Mast haydovchi yo‘lovchining o‘limiga sababchi bo‘ldi.
2021 yil 27 avgust kuni soat 04:00 larda, Mingbuloq tumani Damko‘l MFY ichki yo‘lida, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan O.R. Neksiya rusumli avtomashinasini spirtli ichimlikdan mast holatda boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan A.N.ni boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Natijada, A.N. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Mingbuloq tumanida yashagan, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Har ikkala avtomashina haydovchilari bosh miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar.
Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 27 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati