11 Aprel 2022 yil 432

Mast aka-ukalar tanishining avtomashinasiga shikast yetkazishdi.

2022 yil 25 mart kuni soat 20:50 larda Norin tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro va birga yashovchi ukasi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqarolar Pastki-Cho‘ja MFYda joylashgan oshxonaga mast holda borib u yerda 1967 yilda tug‘ilgan tanishini so‘kib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, unga tegishli bo‘lgan Kobalt rusumli avtomashinaga texnik shikast yetkazishgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech