4 Aprel 2022 yil 572

Masjidda o‘g‘irlik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi.

2022 yil 2 aprel kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1958 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 20:00 larda, A.Jomiy MFYda joylashgan “Aʼloxon Mahdum” jome masjidi tahoratxonasiga tahorat qilish uchun kirib, egnida bo‘lgan kurtkasini ilgichga ilib qo‘ygan vaqtida nomaʼlum shaxs, kurtkasi va cho‘ntagida bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘mlik telefon apparati, 2 dona bank plastik kartochkalarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Tuman IIB JQB tezkor vakili va HPB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech