Masjid oldidagi velosiped o‘g‘irlab ketildi.
2021 yil 13 fevral' kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 12 fevral' kuni noma'lum shaxs, Uychi tumanida joylashgan jome' masjidi oldidan narxi 1.000.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Uychi tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uychi tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, shu yil 5 fevral' kuni ushbu jome' masjidi oldidan, Uychi tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli narxi 700.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab ketganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 18 fevral' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati