Masjid oldida qoldirilgan velosiped o‘g‘irlandi
2021 yil 2 avgust kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 22:00 larda noma'lum shaxs, Namangan shahrida joylashgan jome' masjidi devoriga suyab qo‘yib, qarovsiz qoldirgan narxi 2.000.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB katta surishtiruvchisi va 2-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati