31 Iyul 2023 yil 353

Masjid oldida qoldirilgan avtomashinadan telefon o‘g‘irlandi

 

2023-yil 16-iyul kuni Norin tumanida yashovchi, 1966-yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 14-iyul kuni soat 12:50 larda “Lasetti” rusumli avtomashinasini Norin tumani O‘zbekiston MFY hududida joylashgan “Xaqqulobod” joʼme masjidi oldiga qo‘yib, qarovsiz qoldirganligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, avtomashina salonida bo‘lgan narxi 4.000.000 so‘mlik uyali aloqa vositasini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Undan ashyoviy dalil olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech