23 Iyul 2025 yil 484

Markaziy bank Namangan viloyati Bosh boshqarmasi binosida mahalliy va xorijiy investorlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuvda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, viloyat sudi raisi Alisher Usmonov, viloyat prokurori Umirbek Madraximov hamda viloyat IIB boshlig‘i Shuxrat Aliyev ishtirok etdi.

Muloqotda mahalliy va xorijiy investorlar, shuningdek, tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan dolzarb masalalar, jumladan, ichki ishlar organlari bilan bog‘liq takliflarini maʼlum qilishdi.

Viloyat rahbarlari tomonidan 50 nafarga yaqin tadbirkorning murojaatlari tinglanib, ular tomonidan bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech