25 Noyabr 2021 yil 370

“Marixuana” musodara qilindi

2021 yil 18 noyabr kuni, Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB HPMB profilaktika inspektori A.Qobulovni bergan ma'lumotiga ko‘ra, Namangan shahrida yashovchi,  1972 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlisidagi omborxonasida  qora selofan paketga o‘ralgan, o‘tkir hidli, och yashil rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 47,01 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 21 noyabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech