Marhumning ov quroli farzandi tomonidan IIBga topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, DXX va IIV hamkorligida Namangan viloyati xududida o‘tkazilayotgan “Antiterror-Tozalash va Zarbdor” oyligi tadbirlari davomida, Namangan viloyati IIB TEQKB Chodak TChXTG tezkor vakili MG Namangan boshqarmasi 82923-sonli xarbiy qism xizmatchisi hamda Pop tuman IIB JTSB inspektorlari tomonidan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlari natijasida, 2021 yil 16 fevral' kuni, Pop tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash xonadonida qurilish ishlari olib borayotgan vaqtida, 1960 yilda tug‘ilib, 2011 yil 10 noyabr' kuni vafot etgan marhum otasiga tegishli bo‘lgan, 1945 yilda ishlab chiqarilgan, ov qurolini topib olib, uni ixtiyoriy ravishda IIBga topshirgan.
Pop tuman IIB EKGning 2021 yil 18 fevral' kungi ballistik xulosasida, ushbu ov quroli o‘q otish uchun yaroqli ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat yuzasidan marhumning harakatlarida O‘z.R JKning 248-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bo‘lsada, uni vafot etganligi tufayli, 2021 yil 22 fevral' kuni viloyat IIB TEQKB Chodak TChXTG tezkor vakili tomonidan O‘z.R JPKning 84-moddasi 1-qismi 3-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan rad etildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati