“Maʼnaviyat oyligi” doirasida amalga oshirilgan ishlar.
Ichki ishlar vazirining joriy yil 25 martdagi 79-sonli farmoyishiga asosan, shu yilning 2 aprelidan 2 may kuniga qadar mamlakatimizning barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” o‘tkazilishi belgilandi.
Oylik doirasida Namangan viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 14 aprel kuni “Zukko kitobxon” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazilib, unda To‘raqo‘rg‘on tumani 3-o‘rinni, Uychi tumani 2-o‘rinni va Chortoq tumani faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Tadbirda Ichki ishlar vazirligining masʼul xodimi mayor Sh.Jo‘rayev ishtirok etib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Shuningdek, vazirlikning masʼul xodimi Pop tumani Ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi bilan hamrohlikda viloyat tarixi va madaniyati muzeyiga hamda “Nodirabegim” kutubxonasi bilan yaqindan tanishdi.
Uychi tumani IIB xodimlari bilan esa tumandagi xotira muzeyiga borib ularning xodimlarning tarixiy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Faqatgina madaniy va maʼnaviy uchrashuv hamda tadbirlar bilan cheklanib qolmay, isteʼfodagi xodimlar holidan ham xabar olinib, ularga Ramazon tuhfalari yetkazildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati