Namangan viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida yangi "Maʼmuriy amaliyot markazi" ishga tushdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi “Ichki ishlar organlarining yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish sohasidagi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–449-son qaroriga asosan fuqarolarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida Namangan viloyatida yangi "Maʼmuriy amaliyot markazi" o‘z faoliyatini boshladi.
Ichki ishlar Vaziri o‘rinbosari Markazining tantanali ochilish marosimi munosabati bilan xodimlarni samimiy tabriklab, ushbu Markazning yangicha zamonaviy qiyofada va raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilganligi alohida taʼkidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, ramziy lenta qirqilib, Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishildi va tadbir ishtirokchilariga uning keng imkoniyatlari hamda huquqbuzarliklarning oldini olishdagi vazifalari haqida maʼlumotlar berildi.
Maʼlumot uchun ushbu markaz xodimlariga,
-yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish;
-qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Maʼmuriy amaliyot” moduliga taqdim etilishini va maʼlumotlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilish;
-jismoniy va yuridik shaxslarning maʼmuriy huquqbuzarliklar bo‘yicha murojaatlarini “yagona darcha”, “eksterritoriallik” va “Open space” tamoyillari asosida ko‘rib chiqish;
-maʼmuriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq holatlarni onlayn o‘rganib borish va viloyat, tuman (shahar) kesimida tahlil qilib borish kabi bir qator vazifalar belgilab berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati