23 Iyul 2021 yil
368
"Malibu"ning puli 45 kunda qaytmadi.
2021 yil 1 iyul' kuni, Toshkent shahrida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 23 aprel' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, narxi 27.000 AQSh dollarlik Malibu rusumli avtomashinani pulini 45 kun ichida berish sharti bilan olib, sotib yuborib, hozirga qadar pullarini bermayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 22 iyul' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati