Malibu va Jentra avtomashinalarini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2022 yil 24 yanvar kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 21 iyun' kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Malibu rusumli avtomashinasini 15.000 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, 3.000 AQSh dollarini berib, qolgan pullarni 2021 yil 15 sentyabr kuni berishini aytib, avtomashinasini olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Bundan tashqari, fuqaro 2021 yil 10 sentyabr kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan ayolni ishonchiga kirib, Jentra rusumli avtomashinasini 16.500 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, 2.500 AQSh dollarini berib, qolgan pullarni 2021 yil 10 dekabr kuni berishini aytib, aldab, avtomashinasini olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 4 fevral' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati