5 Aprel 2022 yil 464

Maktab o‘quvchilari o‘g‘irlik sodir etdi.

2022 yil 3 aprel' kuni Namangan shahrida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro va 2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan shaxs IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 17:00 dan soat 19:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, Davlatobod tumani Porloq mahallasi hududida joylashgan mini futbol o‘yingohida o‘rindiq ustida qarovsiz qoldirgan narxi 4.500.000 so‘mlik “SAMSUNG-S10” rusumli va narxi 3.000.000 so‘mlik “iPhone-8” rusumli uyali telefon apparatlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘raganlar.

Namangan viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2007 va 2006 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchilari sodir etganliklari aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.

Ushbu xolat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech