Maktab o‘quvchisining telefoni o‘g‘irlab ketildi
2021 yil 22 dekabr kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, birga yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2006 yilda tug‘ilgan farzandi shu kuni soat 18:30 larda, sport mashg‘ulotlarini yakunlab, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida ko‘p qavatli uylar oldida yashash xonadoniga qaytayotgan vaqtida noma'lum shaxs, narxi 2.700.000 so‘mlik “Redmi Not 10” rusumli uyali telefon apparatidan foydalanib olishini aytib, uyali telefon apparatini olib, ochiqdan-ochiq talonchilik yo‘li bilan olib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan TIIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan TIIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 dekabr' kuni O‘z.R JKning 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati