Maktab o‘quvchisi xonadonga o‘g‘irlikka tushdi.
2021 yil 25 avgust kuni, Pop tumanida yashovchi, 1951 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 22 avgust kuni soat 11:00 dan soat 13:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, hovlisiga devor oshib kirib, xonadonidagi sandiqda bo‘lgan 2.500.000 so‘m pul va narxi 1000.000 so‘mlik “FLY” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Pop tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Pop tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2005 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati