1 May 2021 yil 369

Maktab o‘quvchisi tilla uzuklarni o‘g‘irlab ketdi.

Joriy yil 27 aprel' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 27 aprel' kuni soat 08:00 larda noma'lum shaxs, yashash uyi yotoqxonasidagi shkafda bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘mlik 2 dona tilla uzuklarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JSTG kinologi, HPB profilaktika inspektori, JQB tezkor vakili va Tashkiliy bo‘linma boshliqlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 11-sinf o‘quvchisi, 2003 yilda tug‘ilgan qiz sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech