13 Noyabr 2021 yil 341

Maktab o‘quvchisi noutbukni o‘g‘irladi.

Shu yil 8 noyabr' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 6 noyabr' kuni soat 12:00 larda noma'lum shaxs, sinf xonasida bo‘lgan narxi 4.000.000 so‘mlik “Fujitsu” rusumli noutbukini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB huzuridagi TB tergovchisi, JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan shaxs sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 8 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech