22 Noyabr 2021 yil 399

Maktab o‘quvchilari tomonidan o‘g‘rilik sodir etildi

2021 yil 16 noyabr kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 09:00 larda, noma'lum shaxs, yashash  uyida hech kim yo‘qligidan, darvozasi va uy eshigini ochiqligidan foydalanib, narxi 1.200.000 so‘mlik “Artel” rusumli televizorini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Kosonsoy tumani IIB JQB tezkor vakili, JQB boshlig‘i va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, tumandagi maktabning 11-sinf o‘quvchisi, 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro va sinfdoshi, Kosonsoy tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech