Maktab o‘quvchilari “Rlaystation” apparatlarini o‘g‘irladi
2022 yil 28 yanvar kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida joylashgan komp'yuter o‘yingohiga eshik oynasini sindirish yo‘li orqali kirib, umumiy narxi 11.000.000 so‘mlik 2 dona “Sony” rusumli “Playstation” apparatlari va 8 dona pultlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan TIIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, JQB boshlig‘i, JQB tezkor vakillari va TB tergovchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan va Namangan shahrida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2006 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 31 yanvar kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati