Maktab o‘quvchilari o‘g‘irlik sodir etdi.
Joriy yil 20 sentyabr' kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 10:00 dan soat 12:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Kosonsoy tumanida joylashgan dala maydonida qarovsiz qoldirgan narxi 7.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, tumandagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2006 yilda tug‘ilgan va Kosonsoy tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, tumandagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2006 yilda tug‘ilgan bolalar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati