Maktab binosidan ko‘p miqdordagi buyumlarni o‘g‘irlab ketgan shaxs ekspert kriminalistlar tomonidan barmoq izi orqali aniqlandi.
Namangan tumanidagi 17-sonli maktab direktori, tuman IIBga aloqa xati bilan murojaat qilgan.
Unda 2023 yil 27 yanvar kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs, maktabda qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlamagan binosidan turli buyumlarni o‘g‘irlab ketganligini bildirib chora ko‘rishni so‘ragan. Olib borilgan tekshiruv ishlari natijasida umumiy narxi 26.000.000 so‘mlik 15 dona isitish radiatorlari, 6 dona televizorlar, 1 dona kesish apparati, 1 dona santexnika dazmoli, 4 dona kompyuter ovoz kuchaytirgichlari, 1 dona erkaklar kurtkasi, har-xil o‘lchamdagi kalitlari o‘g‘irlab ketilganligi maʼlum bo‘ldi. Namangan viloyat IIB EKB bosh eksperti tomonidan voqea joyidan olingan qo‘l barmoq izlari avtomatlashtirilgan shaxsni
identifikatsiya qilish tizimida tekshirilganida, ushbu qo‘l qo‘l barmoq izlaridan biri, Namangan tumani Tepaqo‘rg‘on MFY Toshloq ko‘chasida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan shaxsning o‘ng qo‘l ikkinchi (ko‘rsatkich) barmog‘iga mos kelishi aniqlandi.
Namangan tuman IIB tezkor vakillari va profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanib, o‘g‘irlangan buyumlar daliliy ashyo sifatida olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB TB tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati