Mahkumlar ishtirokida ma'naviyat tadbiri.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2021 yilni “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” -deb nomlanishi munosabati bilan 6-sonli jazoni ijro etish koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar hamda ularning ota-onalari bilan tarbiyaviy-profilaktik ahamiyatga ega tadbir tashkil etildi.
Unda Davlat dasturiga asosan koloniyada ishlab chiqilgan reja va mazkur reja talablariga muvofiq jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan “Yoshlar kelajagimiz mevasi” shiori ostida turli davra suhbatlari hamda tadbirlar o‘tkazib kelinayotgani haqida yig‘ilganlarga batafsil ma'lumotlar berilib, uning zamirida mahkumlarda jamiyatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik hissini shakllantirish, ularda mustahkam fuqarolik pozisiyasini qaror topdirish maqsadida hukumatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan davlat siyosati, turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida yanada teran tasavvur hosil kilish, ozod va obod, erkin va farovon mamlakatimiz taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan shaxs sifatida qayta tarbiyalash ishlarini tizimli tashkil etish rejalashtirilgani alohida ta'kidlandi. Mahkumlarning yaqin qarindoshlari, ota-onalari o‘z dilbandlari bilan uzoq suhbat qurishdi, bundan tashqari koloniyada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, xodimlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Tadbirda so‘z olgan yosh mahkumlar qilgan ishlaridan chin ko‘ngildan pushaymon ekanliklarini, jazo muddatini o‘tab chiqqach ona yurtga munosib xizmat qilishga va'da berishdi.
Tadbir davomida iste'dodli mahkumlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiq va she'rlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati