Mahallalarda ushbu “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlarini o‘tkazish uchun “Yig‘ma otryad”lar tashkil etildi.
Mahallalarda ushbu “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlarini o‘tkazish uchun “Yig‘ma otryad”lar tashkil etildi.Joriy yilning 5 aprel kuni Namangan viloyati IIB boshlig‘ining “Mahallalarni kriminogen vaziyatidan kelib chiqqan xolda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlarni yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoyishi imzolandi.
Farmoyishga asosan viloyat IIB binosida boshqarma boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari, xizmat-soha rahbarlari va xodimlari ishtirokida yo‘riqnoma o‘tkazilib, Namangan shahar hamda barcha tumanlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi ishlarni yana-da jadallashtirish bo‘yicha lozim chora-tadbirlar belgilab berildi.
Mahallalarda ushbu “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlarini o‘tkazish uchun “Yig‘ma otryad”lar tashkil etildi. “Yig‘ma otryad”larga esa MMI va KBTX, TQX JQB, JXX HPB, YHXB, JTSB PPXB, TVBSO, M va FRBlardan ajratilgan masʼul xodimlar biriktirilgan.
Ularning asosiy vazifasi Mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirish bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda zaruriy chora-tadbirlarni belgilash, aholi bandligini taʼminlash, ayollar, yoshlar hamda voyaga yetmaganlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etilishini yo‘lga qo‘yish, profilaktik tadbirlarni amalga oshirish davrida jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan ishlash, mavjud muammolarni hal etish orqali jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishdan iboratdir.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati