21 Avgust 2023 yil 1548

Mahallabay-kvadrat ishlash tizimi doirasida Namangan shahridagi 60-kvadrat hududiga kiruvchi “Zarbdor” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

Viloyat IIB JXX YHXB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan mazkur mahalladagi aholi bilan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazilib, hududda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy hodisalarni oldini olish uchun harakat vaqtida piyoda, haydovchi va velosipedchi o‘z huquqlari barobarida majburiyatlarini ham to‘laqonli bilishi lozimligi taʼkidlandi.

Aholi tomonidan bildirilgan murojaatga asosan Zarbdor ko‘chasining jami 5 ta hududiga sunʼiy yo‘l notekisliklari o‘rnatildi.

Bundan tashqari mahallada tartibli harakatni yo‘lga qo‘yish maqsadida yangi yo‘l belgilari o‘rnatilib, yo‘l chiziqlari qaytadan chizildi. Shuningdek, avtomashinalar o‘g‘irlanishi va olib qochilishi bilan bog‘liq holatlarni oldini olish uchun avtomobil yuvish shoxobchalari va ustaxona ishchi-xodimlariga ogohlantirishlar berildi.

Mahallabay ishlash tizimi samaradorligini oshirish borasidagi ishlar barcha hududlarda davom etmoqda.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

Text to speech