16 Mart 2021 yil 707

“Mahalla” gazetasining 10-sonida e'lon qilingan “Mahalla raisiga suiqasd qilindi” sarlavhali maqolaga munosabat

Maqola Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida qo‘yidagilar aniqlandi. Maqola Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida qo‘yidagilar aniqlandi.

Ma'lum bo‘lishicha, shu yil 10 mart kuni soat 10:30larda “Yangier” mahallasi, “O‘zbekiston” ko‘chasi, 3-uyda yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan Botirjon Rahmonov mahalla fuqarolar yig‘ini idorasiga borib, mahalla raisi Feruza Rustamovadan kredit mablag‘lari ajratilishida yordam so‘ragan.

F.Rustamova unga hozirda kredit berilishi imkoni yo‘qligini aytgan. Bundan g‘azablangan yigit yashash xonadoniga borib, spirtli ichimlik iste'mol qiladi. So‘ng mast holatda soat 12:30larda MFY idorasiga qaytib kelib, mahalla raisi bilan janjallashib qoladi. Oshxona pichog‘i bilan unga yengil tan jarohati yetkazadi.

Ushbu xabar Chust tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan ro‘yxatga olingach, soat 13.35da (oraliq masofa 20 km) tuman ichki ishlar bo‘limining tergov-tezkor guruhi yetib borgan va hujjatlar rasmiylashtirgan.

Mahalla raisi F.Rustamova hudud profilaktika inspektoriga telefon qilgan vaqtida, katta leytenant Abror Tojiboev tuman tibbiyot birlashmasida 3 nafar ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazayotgan  bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha 2021 yil 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi bilan 142371/2021-34-sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan profilaktika inspektorining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech