19 Iyul 2022 yil 771

Mahallalarda “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari davom etmoqda.

Uychi IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari tomonidan “qizil hudud” sanalgan «Pastguzar» mahallasida «xonadonbay» tizimi asosida aholi orasida navbatdagi keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bunda, aholi muammolari o‘rganilib, “Ayollar, yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni bandligini taʼminlash va daromadini yo‘lga qo‘yishga eʼtibor qaratildi.

Ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, notinch oilalar muhitini sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hamda ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, ayollarning huquqiy savodxonligini oshirishga doir profilaktik targ‘ibotlar olib borildi.

“Himoya orderi” berish tartibi xususida huquqiy tushunchalar berildi.

Oila-turmush doirasidagi jinoyatchiliklardan ehtiyotkorlikka chorlanib, ayniqsa firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanmaslik yo‘llari tushuntirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech