31 Mart 2022 yil 351

Mahallalarda "Dolzarb 40 kunlik" aksiyasi ko‘tarinkilikda tashkillanmoqda.

Ayni damlarda "Dolzarb 40 kunlik" doirasida Yangiqo‘rg‘on tumani 3-sektordagi 21 ta mahallalar hududida bo‘sh yerlarga yog‘ochbop daraxtlar - terak ko‘chatlari, qalamchalar ekilmoqda.

Jumladan Yangiqo‘rg‘on tumani 3-sektor rahbari R.Yakubbayevning tashabbusi bilan sektor hududida joylashgan Quyi Qorapolvon mahallasidagi "Quyi Qorapolvon" qabristonidagi bir gektar bo‘sh yer maydoniga ham yashil makon yaratish ishlari ko‘tarinkilikda olib borilmoqda.

Mahalla faollari tuman obodon bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tayotgan ko‘chat ekish tadbirida bugun 1500 tup terak ko‘chatlari hamda 1000 tup pavloniya manzarali ko‘chatlari ekiladi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech