9 Aprel 2022 yil 477

“Lochinlar” ona vatan himoyasi uchun qasamyod qildi.

2022 yilning 9 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha qo‘shinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254 sonli harbiy qismda

“2022 yil chaqiruvidagi” muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qilish tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda Namangan viloyati Barkamol avlod bolalar maktabining o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali sahna ko‘rinishlari, milliy raqs ko‘rinishlari hamda harbiy qismning maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi shaxsiy tarkibi tomonidan tayyorlangan maxsus taktik mashg‘ulotlari tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.

Bundan tashqari tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar uchun “Barcha saʼy harakatlarimiz-inson qadri uchun” shiori ostidagi konsert dasturi namoyish etildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech