2 Iyul 2025 yil
128
Qo‘lidagi uzukka giyohvand modda yashirgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 10-iyun kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan, Davlatobod tumani “Xalqlar Do‘stligi” mahallasi hududida, Namangan shahri, “Alpomish” mahallasida yashovchi, 2004-yilda tug‘ilgan fuqaro U.Ining yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, o‘ng qo‘l ko‘rsatkich barmog‘iga taqib olgan uzugi orqa tomonida sof og‘irligi 0,79 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati