8 Oktyabr 2025 yil
61
Elektr tokini talon taroj qilgan fuqaroga qonuniy chora ko'rildi
"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunligi" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 30-sentyabr kuni Farg'ona viloyati Buvayda tumanida yashovchi fuqaro, Pop tumani hududidagi fermer xo'jalik tomonidan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog'iga shartnoma tuzmasdan, o'zboshimchalik bilan yashirin ravishda ulanib, natijada 264,6 million so'mlik zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati