8 Oktyabr 2025 yil
43
Elektr ta'minotidan noqonuniy foydalangan shaxs aniqlandi
"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunligi" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 30-sentyabr kuni Farg'ona viloyati So'g' tumanida yashovchi fuqaro, Yangi Namangan tumani hududidagi suv inshootidan elektr foydalanish bo'yicha shartnoma tuzmasdan, o'zboshimchalik bilan elektr tarmog'iga ulangan, jami 20,629,8 kvt/soat qiymati 56,0 million so'mlik elektr energiyasi talon taroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 185²-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati