7 Avgust 2025 yil 65

Qo‘l soatining orqa qismiga giyohvand modda yashirgan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 17-iyul kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida, viloyat IIB xodimlari tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumani “Yangiobod” mahallasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Mingbuloq tumani “Oybek” mahallasida yashovchi, 2004-yilda tug‘ilgan U.Oning qo‘l soatining ortki qismida sof og‘irligi 0,78 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonida O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech