18 Mart 2022 yil 281

Kurtkaning cho‘ntagidan “Marixuana” topildi

2022 yil 12 mart kuni Chortoq tuman IIB JQB tezkor vakili va TEQKG tezkor vakillari tomonidan, Chortoq tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash uyi xolislar ishtirokida tintuv qilinganida, xonadonida bo‘lgan kurtkasining cho‘ntagidan oq rangli paketga o‘ralgan ko‘kimtir rangli giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasida, ushbu moddaning sof og‘irligi 1,16 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 17 mart kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech