Ko‘p miqdordagi pullarni o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi.
2021 yil 5 avgust kuni, Namangan shahrida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 10:00 larda, noma'lum shaxs, Namangan shahar hududida joylashgan dehqon bozoridagi savdo rastasi ustida bo‘lgan, selofan paketga o‘ralgan 1.200 AQSh dollari va 8.400.000 so‘m pullarni o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 7 avgust' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati