17 Aprel 2023 yil 755

Kun tartibida: "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili mazmun-mohiyati

Norin tuman hokimi, tuman IIB boshlig‘i hamda masʼullar tomonidan MFYlarda faoliyat olib borayotgan beshlik aʼzolariga “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risidagi qo‘shma qaror mazmun mohiyati, xizmat vazifalaridan kelib chiqqan xolda belgilangan vazifalari haqida maʼlumot berilib, qarorning hamkorlikda ishlash mexanizmi tushuntirildi.

Masʼullarga mahalla va oila-turmush doirasidagi jinoyatlarni barvaqt oldini olish, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda nizolashayotgan, notinch va nizoli oilalar bilan ishlab, ularni yarashtirish choralarini ko‘rish, maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, alohida nazoratga olingan shaxslar bilan tizimli ishlarni tashkil etish kabi vazifalarni jadallashtirish bo‘yicha bir qator ishlar belgilab berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech