Kuchukni qiynoqqa solganlarga sud hukmi o‘qildi.
Joriy yilning 11 iyun' kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Namanganda kuchuk qiynoqqa solinmoqda" nomi ostida chiqqan voqelikka Namangan viloyati IIB tomonidan munosabat berilgan edi.
2021 yil 24 may kuni, Chortoq tumanida yashovchi, Chortoq tumani XTB qarshli umumiy ta'lim maktabining 6-snif o‘quvchisi 2008 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan M.N. va shu maktabning 5-snif o‘quvchisi, 2009 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan O.R. bilan birgalikda itni dalaga olib borib tashlab kelish maqsadida olib ketib, dala maydonidagi chinor daraxtiga osgan.
Ushbu xolatni videota'svirga olgan, telegramm va “Tik-tok” ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan, 2003 yilda tug‘ilgan, S.O. hamda 2003 yilda tug‘ilgan N.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1891-moddasi 1-qismiga asosan xujjatlar sudga taqdim etilgan.
2021 yil 29 iyun' kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudi tomonidan, 2003 yilda tug‘ilgan, S.O. hamda 2003 yilda tug‘ilgan N.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1891-moddasi 1-qismiga asosan ish xujjatlari ko‘rilib ularga nisbatan 2.450.000 so‘mdan jarima jazosi tayinlandi.
Vaoyaga yetmaganlar, 2008 yilda tug‘ilgan, M.N.ning otasi O.N va 2009 yilda tug‘ilgan, O.R.ning otasi N.R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismiga asosan to‘plangan xujjatlar Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tuman idoralararo komissiyasi tomonidan ularga nisbatan bazaviy xisoblash miqdorining bir baravari miqdorida ya'ni 245 ming so‘m miqdorida jarima jazosi belgilandi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati