27 Sentyabr 2025 yil 141

Kripto-aktivlarni noqonuniy ravishda ayirboshlab kelgan shaxsning faoliyatiga chek qo‘yildi

"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 24-sentyabr kuni Yangiqo'rg'on tumani "Radivon" mahallasida yashovchi fuqaro "Binance" platformasi orqali kripto-aktivlar aylanmasi bilan tegishli litsenziya hujjatlarini rasmiylashtirmasdan noqonuniy ravishda shug'ullanib kelayotganligi va ushbu platformada joriy yilning 29-mart kunidan, 31-avgust kuniga qadar qiymati 505 296 154 so'm miqdoridagi noqonuniy kripto-aktivlarni 61 ta o'tkazma orqali qonunga hilof ravishda amalga oshirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB ATSJQKB huzuridagi TG tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 278⁸-moddasi 3-qismi a bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech